Aleksandr Vuchich: «Serbiya va O‘zbekistonni chin do‘stlik va o‘zaro hurmat bog‘lab turadi»
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Toshkentga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida Vuchich ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yangi, faol bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidladi.
– Serbiya va O‘zbekistonni chin do‘stlik, o‘zaro hurmat va kelgusida yanada mustahkam hamkorlik ko‘priklarini barpo etish istagi bog‘lab turadi. Prezident Mirziyoyevning mehnatsevarligi, sadoqati va yurtini taraqqiy ettirishdagi ulkan yutuqlari meni juda hayratga soldi», – deb yozadi Vuchich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat iqtisodiyot, savdo, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va texnologiya sohalarida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq dasturga ega.
– Serbiya Markaziy Osiyoni Yevropaga bog‘lovchi ko‘prik bo‘lishi va O‘zbekiston uchun ishonchli hamkor sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bu ikkala mamlakat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi», – deya qayd etgan u.
Tomonlar o‘zaro manfaatli bir necha tashabbuslarni muhokama qildi hamda davlatlar fuqarolari farovonligi yo‘lida munosabatlarni yanada faollashtirishga kelishib oldilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter