Irakliy Kobaxidze Shavkat Mirziyoyevni «O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar» deb atadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi.
Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi.
Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Hukumat rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.
«Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi», — dedi Gruziya Bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Tbilisiga so‘nggi 23 yilda ilk bor tashrif buyurdi. Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik sherikchilik bo‘yicha shartnoma imzolandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter