Mirvohid Azimov TIV o‘rinbosari etib tayinlandi
Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
2026-yil 26-may kuni Tashqi ishlar vazirligi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi qaroriga muvofiq tayinlangan Azimov Mirvohid Mirilyosovich tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.
Mirvohid Azimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter