Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev BMT Aholishunoslik jamg‘armasi direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BMT Aholishunoslik jamg‘armasi direktorini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida UNFPA rahbari mamlakatimiz yetakchisiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

BMTning aholishunoslik sohasidagi nufuzli instituti bilan hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning UNFPA bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Reproduktiv salomatlik, gender tenglik, demografik barqarorlikni ta’minlash sohalarida muhim loyihalar amalga oshirildi. Jamg‘arma mamlakatimiz tarixidagi birinchi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etdi.

Ona va bola salomatligini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini himoya qilish borasidagi ijobiy natijalar alohida qayd etildi.

Hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, mamlakat dasturi doirasida yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, O‘zbekistonda va BMT doirasida yuqori darajadagi tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring