Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy mamlakatdagi besh yillik diplomatik faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Unga O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.

Obolenskiy O‘zbekistondagi elchilik faoliyatini 2021 yil avgust oyida boshlagan edi. Bungacha u Shveysariyaning Latviya, Litva va Estoniyadagi, shuningdek, Armanistondagi elchisi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring