YuNESKO Bosh direktori Odri Azule xonimga «Do‘stlik» ordeni berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh direktori Odri Azule xonimni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Odri Azule xonim O‘zbekiston Respublikasi va YuNESKO o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish, xususan, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosini, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarini jahon miqyosida targ‘ib etish, mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, dunyo xalqlari orasida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun mazkur mukofotga loyiq ko‘rilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter