Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahrayn-2025: O‘zbekiston sportchilari yana 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Bahrayn-2025: O‘zbekiston sportchilari yana 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Foto: OlympicUz

Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kuni O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli yakunlandi — terma jamoa 5 oltin, 5 kumush va 6 bronza medal qo‘lga kiritdi

Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal — 5 oltin, 5 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin medallar:

Munisbek Davletov (og‘ir atletika, –88 kg, dast ko‘tarish)
Munisbek Davletov (og‘ir atletika, –88 kg, siltab ko‘tarish)
Dilafro‘z Boltaboyeva (dzyudo, –40 kg)
Abubakr Sattorov (dzyudo, –55 kg)
Bunyod Rufatov (erkin kurash, –80 kg)

Kumush medallar:

Alina Kolyucheva (dzyudo, –44 kg)
Davlat Axrorov (dzyudo, –60 kg)
Shahobiddin Nurmanov (erkin kurash, –48 kg)
Shohista Shonazarova (erkin kurash, –43 kg)
Shahnoza Haydarova (og‘ir atletika, –69 kg, dast ko‘tarish)

Bronza medallar:

Shohjahon Usmonov (dzyudo, –50 kg)
Zuhra Alimova (dzyudo, –52 kg)
Abdumalik Jaloldinov (erkin kurash, –55 kg)
Shohiddin Aliyev (erkin kurash, –65 kg)
Dilnura Avezova (erkin kurash, –57 kg)
Muhayyo Rahimjonova (erkin kurash, –69 kg)

Musobaqalarning bugungi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi og‘ir atletika, jiu-jitsu, dzyudo, suzish, boks, futzal va gandbol dasturlarida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring