Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi

Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati finalidan so‘ng milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Ernan Kastilyo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Messi final uchrashuvidan keyin kiyinish xonasida jamoadoshlariga murojaat qilgan.

«Kiyinish xonasidagi nutqi juda ta’sirli bo‘ldi. U bu Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lganini aytdi», — deb yozgan jurnalist.

20 iyulga o‘tar kechasi Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Messi turnir davomida 8 ta gol urib, 10 ta gol muallifi bo‘lgan fransiyalik Kilian Mbappedan keyin musobaqaning ikkinchi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi, 2022 yilda Jahon chempionati g‘olibiga aylangan, shuningdek, 2014 va 2026 yilgi mundiallarda kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring