Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurisprudensiyaga qabulda IQ test topshirish tartibi tasdiqlandi

Yurisprudensiyaga qabulda IQ test topshirish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik» hamda «Raqamli huquq» ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida huquq sohasidagi test fanlari majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun mazkur sinovlar TDYuU tomonidan IQ testni o‘tkazuvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida har yili 10-iyulga qadar tashkil etiladi.

IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash hamkor xorijiy tashkilotning talablari asosida amalga oshiriladi.

Faqatgina IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan bir qatorda TDYuUning «Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik» hamda «Raqamli huquq» yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Mazkur yo‘nalishlarga tanlovda ishtirok etish uchun abituriyentlar chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring