Xitoy sudi sun’iy intellekt sababli ishdan bo‘shatishni noqonuniy deb topdi
Xitoyning Xanchjou shahri sudi kompaniyalar xodimlarni sun’iy intellektni joriy etish hisobiga ishdan bo‘shatishi mumkin emasligi haqida qaror chiqardi.
Bunga mamlakat sharqidagi texfirma bilan bog‘liq voqea sabab bo‘ldi. Korxona sun’iy intellekt yordamida katta til modellari javoblarining aniqligini tekshiruvchi Chjou familiyali xodimning ishini avtomatlashtirgan.
Yangi tizim joriy etilganidan so‘ng, bu xodimning lavozimi pasaytirilgan va ish haqi 40 foizga qisqartirilgan. U boshqa lavozimga o‘tishdan bosh tortgach, kompaniya texnologiyalar joriy etilib shtat qisqarishini vaj qilib, uni ishdan bo‘shatgan. Sud ishdan bo‘shatishni noqonuniy deb topdi va xodimga tovon to‘lash haqida qaror chiqardi.
Qarorda ta’kidlanishicha, firma tomonidan keltirilgan sabablar biznesning qisqarishi yoki ishdagi qiyinchiliklar kabi salbiy holatlarga kirmaydi. Shuningdek, ular «mehnat shartnomasini davom ettirishning imkonsizligi» shartiga ham mos kelmaydi. Sud alohida tushuntirish berib, texnik taraqqiyot xodimlarni bir tomonlama ishdan bo‘shatish yoki maoshlarni kamaytirish huquqini bermasligini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter