Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdul El-Sayed AQSh Senatiga saylangan ilk musulmon bo‘ldi

Abdul El-Sayed AQSh Senatiga saylangan ilk musulmon bo‘ldi

Foto: Reuters

AQShda o‘tkazilgan oraliq saylovlarda demokrat Abdul El-Sayed Michigan shtatidan Senatga saylanib, mamlakat tarixida bu lavozimga saylangan birinchi musulmon sifatida tarixga kirdi.

Reuters agentligining xabar berishicha, 42 yoshli El-Sayed 3-noyabrdagi saylovda respublikachilar nomzodi, sobiq kongressmen Mayk Rojersni mag‘lub etgan. Bu natija AQSh ommaviy axborot vositalarining saylov prognozlari asosida e’lon qilingan.

Misrlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan El-Sayed shifokor va jamoat salomatligi sohasi mutaxassisi hisoblanadi. U avval Detroyt shahri sog‘liqni saqlash tizimida rahbarlik lavozimida ishlagan.

Saylovoldi kampaniyasida u tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi xarajatlarini kamaytirish va AQShning Isroilga harbiy yordamini to‘xtatish tarafdori bo‘lgan.

El-Sayed 2027-yil yanvarda yangi Kongress ish boshlagach, AQSh Senatida faoliyat yuritgan birinchi musulmonga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring