AQSh Senati Trampning Eron bo‘yicha vakolatlarini cheklashni qo‘llab-quvvatladi
AQSh Senati prezident Donald Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha vakolatlarini cheklashga qaratilgan rezolyusiyani ma’qulladi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, hujjatni 50 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan, 48 nafar senator esa qarshi chiqqan. Demokratlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni to‘rt nafar respublikachi senator ham qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, rezolyusiya ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, yuridik kuchga ega emas. Shu sababli u prezident qarorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish imkonini bermaydi.
Hujjat Kongressda Tramp ma’muriyatining Eronga nisbatan siyosati yuzasidan mavjud noroziliklarni aks ettiradi. Qonunchilik organi vakillari prezident fevral oyi oxirida Eronga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish haqidagi qarorni Kongress roziligisiz qabul qilganini tanqid qilmoqda.
AQSh Konstitutsiyasiga muvofiq, rasman urush e’lon qilish vakolati Kongressga tegishli hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter