Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Eronning Keshm orolidagi portiga zarba berdi

AQSh Eronning Keshm orolidagi portiga zarba berdi

Yaqin Sharqdagi vaziyat yana keskinlashdi. AQSh harbiylari Eronning Keshm orolidagi port infratuzilmasiga zarba bergani xabar qilinmoqda. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp bu hujumlarni «yengil shapaloq» deb atab, Vashington va Tehron o‘rtasidagi sulh rejimi hali ham amalda ekanini ta’kidladi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi – CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, Eron kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan AQSh harbiy kemalariga qarshi raketalar, dronlar va kichik katerlardan foydalangan. Qo‘mondonlikka ko‘ra, amerikalik harbiylar o‘zini himoya qilish maqsadida javob zarbasi bergan va natijada Eronning bir qator harbiy obyektlari yo‘q qilingan. 

CENTCOM AQSh harbiy obyektlariga zarar yetmaganini bildirgan.

Eronning Tasnim agentligi esa voqeaga boshqacha baho bermoqda. Unga ko‘ra, Eron harbiy-dengiz kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida AQShning uchta harbiy kemasiga hujum qilgan. Agentlik iddaosicha, bu harakat AQSh tomoni Eron neft tankeriga zarba berganidan keyin amalga oshirilgan

Avvalroq Fox News manbalariga tayanib, AQSh Keshm oroli va Bandar-Abbos shahridagi obyektlarga hujum qilganini xabar qilgan edi. Eronning Fars agentligi ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar natijasida Keshm orolidagi Baxman savdo pirsi shikastlangan

Shu bilan birga, Donald Tramp vaziyatni katta urush sifatida baholamaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, berilgan zarbalar cheklangan xarakterga ega bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi sulh rejimi saqlanib qolmoqda.

Kuzatuvchilar fikricha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi har qanday harbiy to‘qnashuv global neft bozori va xalqaro savdo xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayni paytda mintaqadagi vaziyat hali ham noaniqligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring