Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda samolyot halokati yuz berdi: 12 kishi qurbon bo‘lgan

AQShda samolyot halokati yuz berdi: 12 kishi qurbon bo‘lgan

Foto: APA

AQShdagi aviahalokatda 12 kishi halok bo‘ldi. 

14- iyun kuni Missuri shtatida Skydive Cansas City kompaniyasiga tegishli Pacific Aerospace P750 yengil samolyoti halokatga uchradi. ABC News xabar berishicha, halokat Butler aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan va 12 kishi — uchuvchi va 11 parashyutchi halok bo‘lgan. 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot parvozdan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan va aeroport hududidagi dalaga qo‘ngan.

Milliy transport xavfsizligi kengashi va Federal aviatsiya ma’muriyati tergov olib bormoqda. 

Skydive Cansas City avariyani butun parashyutchilar jamoasi uchun «halokatli yo‘qotish» deb atadi va halok bo‘lganlarning oilalari, do‘stlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Kompaniya tergovga yordam bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring