Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda terrorchilikda ayblangan 31 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

AQShda terrorchilikda ayblangan 31 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Joriy yil 9-noyabr kuni AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) Kanzas shtatida 31 yoshli Axror Bozorovni qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi. U – O‘zbekistonda terrorchilik tashkilotiga a’zolikda ayblangan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari 2022-yilda Bozorovga nisbatan terrorchilik tashkiloti tarkibida bo‘lgani, internetda jihodga da’vat qiluvchi materiallar tarqatgani va radikal guruhlarga a’zolar yollagani uchun qidiruv e’lon qilgan.

AQSh Migratsiya va bojxona qo‘mitasi (ICE) ma’lumotiga ko‘ra, Bozorov Kanzasda 18 g‘ildirakli yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlab yurgan paytda qo‘lga olingan.

Shu bilan birga, uning 2023-yil fevralda AQShga qonuniy bo‘lmagan tarzda kirgani va chegarada ushlanganidan so‘ng, Bayden ma’muriyati tomonidan mamlakat ichiga qo‘yib yuborilgani aytiladi.

Bozorov 2024-yil yanvarda ishlashga ruxsatnoma olgan va Pensilvaniya shtati hokimi Djosh Shapiro ma’muriyati unga kommersiyaviy haydovchilik guvohnomasi (CDL) bergan.

DHS yordamchisi Trisha Maklaflin Oq uy siyosatini keskin tanqid qilib, terrorda ayblanayotganlarning Amerika yo‘llarida yuk mashina haydamasligi kerakligini ta’kidlaydi.

ICE ma’lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston tomoni Bozorovning ekstraditsiya qilinishini qidiruv orderiga muvofiq talab qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring