Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning qo‘shinlarini chiqarishi «kutilgan qaror» – Germaniya mudofaa vaziri

AQShning qo‘shinlarini chiqarishi «kutilgan qaror» – Germaniya mudofaa vaziri

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius AQShning mamlakatdan bir qism qo‘shinlarini chiqarish qaroriga munosabat bildirib, bu holat oldindan kutilganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh harbiylarining Yevropada, ayniqsa Germaniyada bo‘lishi ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladi va hamkorlik davom etadi.

Ayni paytda Germaniyada taxminan 40 ming amerikalik harbiy xizmatchi joylashgan bo‘lib, bu Yevropa davlatlari orasidagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. AQSh Germaniyadagi bazalardan nafaqat Yevropa, balki Afrika va Yaqin Sharqdagi operatsiyalar uchun ham foydalanadi.

Shu bilan birga, tahlilchilar bu qarorning salbiy oqibatlariga e’tibor qaratmoqda. Jumladan, ayrim harbiy loyihalar, xususan, zamonaviy raketalar joylashtirish rejalari bekor qilinishi mumkin. Bu esa Rossiyani tiyib turish imkoniyatlarida «bo‘shliq» paydo qilishi ehtimoli bor.

Shuningdek, AQSh qo‘shinlarini qisqartirish rejasi Germaniya uchun kutilgan bo‘lsa-da, Yevropa xavfsizligi va NATO doirasidagi muvozanatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring