BAA o‘z fuqarolariga uch davlatga borishni taqiqladi
Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi mintaqaviy keskinlikning kuchayishi fonida o‘z fuqarolariga Eron, Livan va Iroqqa tashrif buyurishni taqiqladi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida vazirlik hozirda ushbu mamlakatlarda bo‘lganlarga darhol uyga qaytish tavsiya qilinishini ta’kidladi.
Vazirlik jamoatchilikni ushbu ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilishga va rasmiy yangilanishlarni kuzatib borishga chaqirdi.
BAA rasmiylari ilgari Eron fuqarolarining aeroportlari orqali kirishi va tranzitini cheklab qo‘ygan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh-Isroil va Eron mojarosi fonida Tehron arab davlatlari hududida joylashgan Amerika bazalariga zarba berdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter