Yevropa yetakchilari Tramp tinchlik rejasining to‘rtta bandini o‘zgartirmoqchi
Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar yetakchilari Trampning Ukrainada tinchlik rejasining kamida to‘rtta bandini o‘zgartirmoqchi, deb xabar berdi Bild.
Ular asosiy bandlardan biri — hududiy bo‘linish, jumladan, butun Donetsk viloyati va Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishni o‘chirib tashlashni talab qilmoqda. Bayonotga ko‘ra, «chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak».
Yevropa hukumatlari Ukraina armiyasini 600 ming kishigacha qisqartirishni ham xavfli deb hisoblashmoqda.
Qolaversa, ular Rossiyaning har qanday rasmiy xavfsizlik kafolatlari ishonchliligiga shubha bilan qarashmoqda, chunki bu mamlakat avvalgi kelishuvlarni buzgan.
To‘rtinchi band — Rossiyaning muzlatilgan aktivlari. Yevropaliklar Kremlga ulardan foyda olish imkonini beradigan har qanday mexanizmlarga qarshi (Tramp rejasiga ko‘ra, aktivlarning bir qismi AQSh boshqaruvidagi Ukrainani tiklashga, bir qismi AQSh-Rossiya qo‘shma loyihalariga sarflanadi).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter