Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ferrari»ning yagona elektromobili 40 mln dollarga sotildi

«Ferrari»ning yagona elektromobili 40 mln dollarga sotildi

Ferrari kompaniyasining elektromobillar qatordagi birinchi va hozircha yagona modeli — Ferrari Luce xayriya kimoshdi savdosida 40 million dollarga sotildi. U auksionlarda sotilgan yangi avtomobillar orasida rekord narx qayd etdi.

Ferrari Luce eski modelning elektr dvigateliga moslashtirilgan varianti emas, balki kompaniya tomonidan yaratilgan mutlaqo yangi model hisoblanadi. Luce avtomobilining tashqi dizaynini Apple kompaniyasining sobiq dizayneri, britaniyalik Joni Ayv ishlab chiqqan. Elektromobil o‘ziga xos oq rangga ega.

Ushbu modelda kompaniya Ferrari an’analaridan ikki jihat bo‘yicha voz kechdi. Birinchidan, superkar elektr dvigateli bilan jihozlangan bo‘lsa, ikkinchidan, odatiy Ferrari avtomobillaridagi kabi ikki yoki to‘rt o‘rinli emas, balki besh o‘rinli qilib ishlab chiqilgan.

Bu o‘zgarishlar Luce 2026 yil may oyida taqdim etilganidan keyin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bunday yangiliklar Ferrari o‘ziga xosligini yo‘qotishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Shunga qaramay, Kaliforniyada o‘tkazilgan RM Sotheby’s kim oshdi savdosida avtomobil o‘zining odatdagi narxidan qariyb 35 barobar qimmatroqqa sotildi. Xaridorning ismi oshkor qilinmagan.

Ma’lum qilinishicha, xarid qilingan Ferrari Luce maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘ziga xos bezaklar va intererning noyob detallari bilan ajralib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring