Xitoy elektromobillari Yevropa bozorida rekord ulushga erishdi
Aprel oyida Yevropa bozorida Xitoy brendlariga tegishli elektromobillar savdosi ikki baravardan ko‘proq o‘sib, 38 ming donaga yetdi.
Natijada xitoylik ishlab chiqaruvchilar Yevropadagi elektromobillar bozorining 15 foizdan ortiq ulushini egalladi.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari Yevropa avtomobil bozorining umumiy segmentida ham 10 foizlik marraga yaqinlashmoqda.
Ayniqsa, tashqi quvvatlanadigan gibrid avtomobillar segmentida Xitoy brendlarining ulushi qariyb 29 foizni tashkil etgan.
Bloomberg qayd etishicha, Xitoy avtokompaniyalari ichki bozordagi kuchli narx raqobati va foydaning pasayishi sabab Yevropa bozoriga faol kirib bormoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter