Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda 740 ming kishi oqova suvlar bilan suv bosish xavfi ostida — G‘arb davlatlari Isroilni chora ko‘rishga chaqirdi

G‘azoda 740 ming kishi oqova suvlar bilan suv bosish xavfi ostida — G‘arb davlatlari Isroilni chora ko‘rishga chaqirdi

Kuchli yomg‘irlar va sovuqlar sabab G‘azo sektordagi gumanitar vaziyat yanada og‘irlashdi. Kanada, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Islandiya, Yaponiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot bilan chiqib, 740 ming kishi oqova suvlar bilan suv bosish xavfi ostida ekanini bildirdi.

Bayonotda 1,3 million aholi turar joyga muhtoj ekani, tibbiy muassasalarning yarmidan ko‘pi qisman ishlayotgani qayd etildi. Infratuzilmaning izdan chiqishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Vazirlar Isroilni G‘azoda xalqaro nodavlat tashkilotlar faoliyatiga to‘siqlarni olib tashlashga, BMT va uning agentliklari ishini ta’minlashga, shuningdek, gumanitar yordam va zarur jihozlar kiritilishiga ruxsat berishga chaqirdi. Shu bilan birga, chegara o‘tish punktlarini ochish va yordam oqimini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tilishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan keyin boshlangan urush oqibatida G‘azoda 70 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 169 mingdan ziyodi yaralangan. 13 oktyabr kuni Misrda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring