Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Oq uy Malida harbiy operatsiya o‘tkazish masalasini muhokama qilyapti

OAV: Oq uy Malida harbiy operatsiya o‘tkazish masalasini muhokama qilyapti

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Mali hududida «Jamaat Nusrat al-Islom val-Muslimin» (JNIM) terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, agar qaror qabul qilinsa, Mali Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon AQSh zarbalari amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan sakkizinchi davlatga aylanadi. Bungacha bunday operatsiyalar Yaman, Somali, Suriya, Eron, Iroq, Nigeriya va Venesuelaga nisbatan muhokama qilingan yoki amalga oshirilgan.

Oq uy Trampning Maliga zarba berish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga bevosita javob bermagan. Ma’muriyat Shimoliy va G‘arbiy Afrika davlatlarini terrorizmga qarshi kurashish uchun Amerika harbiy texnikasini xarid qilishga chaqirgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Malida Rossiya Mudofaa vazirligining «Afrika korpusi» bo‘linmalari ham faoliyat yuritmoqda. Shu bois, ehtimoliy AQSh harbiy amaliyoti tomonlar o‘rtasida kutilmagan to‘qnashuvlar xavfini oshirishi mumkin.

JNIM terrorchilik guruhi «Al-Qoida» bilan bog‘liq hisoblanadi. Iyul oyi boshida ushbu guruh jangarilari va tuareg qo‘zg‘olonchilari Rossiyaning «Afrika korpusi» kolonnasiga hujum qilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring