Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp 60 ta savdo hamkoriga yangi bojlar joriy qildi

Tramp 60 ta savdo hamkoriga yangi bojlar joriy qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati majburiy mehnatga qarshi talablar yetarlicha bajarilmayotganini vaj qilib, 60 ta savdo hamkori mahsulotlariga 10 foiz va 12,5 foizlik yangi import bojlarini joriy qildi.

Yangi tariflar AQShning deyarli 99,4 foiz import mahsulotlarini qamrab oladi. Biroq neft va gaz, o‘g‘itlar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, samolyotlar, muhim minerallar hamda milliy xavfsizlik tariflari qo‘llanilayotgan ayrim tovarlar ushbu choralardan ozod etildi.

10 foizlik boj Argentina, Bangladesh, Buyuk Britaniya, Kanada, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Pokiston va boshqa qator davlatlarga tatbiq etildi. Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va Shveysariya uchun umumiy tarif yuki 10–12,5 foiz etib belgilandi. Qolgan 38 davlat, jumladan Xitoy va Vetnamga 12,5 foizlik boj joriy qilindi.

Jumladan, Qozog‘iston mahsulotlariga ham 12,5 foizlik boj joriy qilingan. Ta’kidlanishicha, belgilangan boj stavkasi va istisnolar doirasi tekshiruv davomida aniqlangan savdo amaliyotlarini bartaraf etish uchun eng maqbul chora sifatida tanlangan.

Vashington ushbu qarorni global ta’minot zanjirlarida majburiy mehnatga qarshi kurashni kuchaytirish bilan izohladi. Biroq Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Braziliya, Norvegiya va Kanada yangi tariflarni asossiz deb baholab, ularga qarshi chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring