Tramp Zelenskiyni Putin deb adashtirib yubordi
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammiti doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin deb adashtirib yubordi.
Hodisa jurnalistlar bilan muloqot vaqtida yuz bergan. Tramp Zelenskiyga ishora qilib, ommaviy axborot vositalari vakillariga «Prezident Putinga savol bersangiz bo‘ladi», dedi. Jurnalistlardan biri uning xatosini to‘g‘rilaganidan so‘ng, yig‘ilganlar kuldi. Zelenskiy esa bu holatga tabassum bilan munosabat bildirdi.
Bu Trampning tadbir davomidagi yagona tildagi xatosi bo‘lmadi. U «Patriot» havo mudofaa tizimlari haqidagi savolga javob berar ekan, Yaponiyani ham yanglishib «Islom Respublikasi» deb atadi.
Tramp avval ham shunga o‘xshash adashishlari bilan e’tiborga tushgan. Avvalroq u Ukraina harbiy-dengiz kuchlari haqida gapirar ekan, amalda Eronga tegishli ma’lumotlarni Ukrainaga nisbatan qo‘llab yuborgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter