Vengriya prezidentligiga nomzod ma’lum bo‘ldi
Andrash Baka.
Vengriya Oliy sudining sobiq raisi Andrash Baka parlamentdagi «Tisa» fraksiyasi tomonidan mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilishga rasman rozilik berdi.
Baka nomzodi ilgari surilishi haqida Vengriya bosh vaziri Peter Madyar ma’lum qildi.
«Biz “Tisa” fraksiyasining qarorini Andrash Bakaga shaxsan yetkazdik va unga prezidentlikka nomzod bo‘lishni taklif qildik. Janob rais bu taklifni qabul qildi», — deb yozdi hukumat rahbari ijtimoiy tarmoqda.
Andrash Baka 2009–2011-yillarda Vengriya Oliy sudiga rahbarlik qilgan. U Viktor Orban hukumati tashabbusi bilan amalga oshirilgan sud tizimidagi keng ko‘lamli islohotlardan so‘ng lavozimini tark etgan.
Keyinchalik u Yevropa Inson huquqlari bo‘yicha sudida ishlagan. 2012–2020-yillarda esa Vengriya Kuriasining sudlov hay’atiga rahbarlik qilgan.
Mamlakatning avvalgi prezidenti Tamash Shuyok 18 iyul kuni parlament tegishli tuzatishni qabul qilganidan so‘ng lavozimidan chetlatilgan.
Yangi prezidentni tasdiqlash uchun deputatlarning uchdan ikki qismi qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Hukmron «Tisa» partiyasi parlamentdagi 199 mandatning 141 tasini nazorat qiladi. Bu unga zarur ko‘pchilik ovozni ta’minlaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter