Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xantavirus AQSh va Fransiyada ham qayd etildi

Xantavirus AQSh va Fransiyada ham qayd etildi

Foto: DW

Xantavirus AQSh va Fransiyada qayd etildi.

Qo‘shma Shtatlarda virus tarqalgan kruiz kemasida bo‘lgan 17 amerikalikdan birida test natijasi ijobiy chiqdi, yana biri yengil alomatlardan shikoyat qildi. AQSh Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi xabar berishicha, ulardan ikkitasi tashish paytida samolyotda maxsus izolyasiya bo‘linmalariga joylashtirilgan. 

Barcha evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar Maxsus patogenlarni davolash bo‘yicha mintaqaviy markazga olib boriladi. 

Fransiyada MV Hondius bortidagi bir ayolda ham PSR testi ijobiy chiqdi. BFMTV ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Stefani Rist bu ma’lumotni tasdiqladi. U yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va u bilan aloqada bo‘lgan 22 kishi kuzatuv ostida. 

Ispaniyada avvalroq MV Hondiusdan 94 kishi evakuatsiya qilingan edi. 

Hozirda sakkiz kishida xantavirus testi ijobiy chiqdi. Uch yo‘lovchi vafot etdi, yana biri Yoxannesburg shifoxonasida og‘ir ahvolda qolmoqda. 

Virus tarqalgan kema bortida taxminan 150 kishi bor, ularning aksariyati Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Niderlandiya fuqarolari. Bortda bir Rossiya fuqarosi ham borligi ma’lum. 

Avvalroq virus isroillik bemorda ham aniqlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring