Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ko‘proq bo‘lgan avtomobil egalari har yili ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomashinalarning utilizatsiyasini tashkil etish va uning komponentlarini qayta ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida»gi qaror loyihasida ko‘zda tutilgan.
Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan boshlab amal qilishi kutilmoqda. Kompensatsiya miqdori BHMning 30 barobarini tashkil etishi mumkin.
Shuningdek, hujjatga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda «zararli» ekologik toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi («antikvar» avtomototransport vositalari bundan mustasno).
Qayd etilishicha, ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomashinalarni utilizatsiya qilish va ularning komponentlarini qayta ishlash tizimini quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
- birinchi bosqichda (2026-yildan boshlab) — M1 toifali transport vositalar (yengil avtomobillar) uchun;
- ikkinchi bosqichda (2027-yildan boshlab) — M2, M3, N1, N2, N3 toifali transport vositalar (mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari) uchun;
- uchinchi bosqichda (2030-yildan boshlab) — barcha turdagi g‘ildirakli transport vositalari uchun.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter