JAC Motors Toshkent JAC M3 modeli uchun foizsiz va jarimasiz qulay imtiyozli kreditlash hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash dasturlarini ishga tushiradi
JAC Motors Toshkent hamkor banklar bilan sheriklikda jismoniy shaxslar uchun yangi imtiyozli kreditlash va bo‘lib-bo‘lib to‘lash dasturini ishga tushirish orqali JAC M3 yo‘lovchi avtomobilining hamyonboplik imkoniyatlarini kengaytirgani haqida e’lon qiladi. Mazkur tashabbus oilalar, sayyohlik guruhlari va kichik biznes sub’yektlari uchun zamonaviy hamda sig‘imli avtomobillarning imkonliligini oshirishga qaratilgan.
JAC M3 — bu qulay safarlar hamda tijorat tashuvlari uchun mo‘ljallangan 9 o‘rinli universal yo‘lovchi avtomobilidir. Model 55 litrlik yonilg‘i baki bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km/8,5 litr tejamkor yonilg‘i sarfi bilan ajralib turadi va 155 km/soat tezlikka erishadi. Avtomobilning narxi 215 460 000 so‘mni tashkil etadi.
Yangi bo‘lib-bo‘lib to‘lash dasturi: asosiy urg‘u hamyonboplikka berildi
Yetakchi bank tashkilotlari bilan hamkorlik doirasida xaridorlarga 40% dan boshlang‘ich to‘lov bilan 6 oy muddatga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan. Bu JAC M3’ni ortiqcha to‘lovlarsiz sotib olish hamda qolgan qiymatni qulay davrga taqsimlash imkonini beradi.
Dastur xarid jarayonini imkon qadar qulay va moliyaviy jihatdan shaffof qilish maqsadida ishlab chiqilgan — bu ayniqsa an’anaviy kreditlash o‘rniga moslashuvchan to‘lov usullarini afzal ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan.
Dasturning hamkor-banklari:
- APEX BANK
- OFB BANK
JAC Motors Toshkent bozordagi o‘z mavqeini mustahkamlashni davom ettirmoqda va xaridorlarga zamonaviy va o‘ng‘ay transport vositalarini qulay xarid shartlarini taklif etmoqda.
Kompaniya barcha manfaatdor mijozlarni dilerlik markazlariga va rasmiy manbalarda batafsil shartlar bilan tanishib chiqishga taklif qiladi.
Batafsil saytda: jacmotors.uz
Instagram: jacmotorstoshkent
Telefon: +998555117770


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter