Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyoshda ulkan portlash sodir bo‘lgani aniqlandi

Quyoshda ulkan portlash sodir bo‘lgani aniqlandi

Quyoshda katta portlash sodir bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash 8-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Koronograf tasvirlari barcha yo‘nalishlarda uchayotgan uchqunlarni suratga oldi.

Portlash manbai samoviy jismning qarama-qarshi tomonida joylashgan edi. 

Nurlanish yo‘nalishiga asoslanib mutaxassislar chaqnash quyosh ekvatoridan pastda joylashgan quyosh dog‘lari guruhida yuz bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Portlashning Yer va boshqa sayyoralar uchun jiddiy zarari yo‘q. 

Olimlar shuningdek, 9-yanvar kuni Yerda magnit bo‘ronlari kuzatilishini aytishgan. Bo‘ronlar G1 tasnifida sodir bo‘ladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring