Sezilarli zilzila sodir bo‘ldi — epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan

6-oktyabrga o‘tar kechasi Qirg‘iziston hududida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston seysmologiya xizmati xabariga ko‘ra, yer silkinishlari Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da qayd etilgan.
Zilzila epitsentri Jalolobod (Qirg‘iziston)da, Toshkentdan 199 km shimoli-sharqda (koordinatalar: 41,94°S, 71,43°S) joylashgan.
Zilzila kuchi epitsentrda 7 ballga yetgan, O‘zbekiston hududida ham yaxshi sezildi:
- Namangan viloyati — 3-4 ball (epitsentrdan 106 km uzoqlikda);
- Andijon viloyati — 3 ball (144 km);
- Farg‘ona viloyatida — 2-3 ball (176 km);
- Toshkent — 2-3 ball (199 km);
- Sirdaryo viloyati — 2 ball (275 km).
Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi Qirg‘izistondagi zilzilani 5,4 magnitudali deya baholadi. Zilzila o‘chog‘i 8 km chuqurlikda va Namangan shahridan 133 km olisda joylashgani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter