O‘zbekistonda «Munosib mehnat» dasturi ishlab chiqilyapti

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilmoqda.
Bu haqda kasaba uyushmalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident Mirziyoyev ma’lum qildi.
«Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — mehnat sohasida inson qadrini oshirish, barcha fuqarolar uchun adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat.
Shu bois, Kasaba uyushmalari, Bandlik vazirligi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi dasturda munosib bandlik, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, gender tenglik, yoshlar va inklyuzivlik masalalariga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Bundan tashqari, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va «yashil» iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan sharoitda mehnat munosabatlari ham shunga mos ravishda yo‘lga qo‘yilishi kerak», – dedi davlat rahbari.
Ishlab chiqilayotgan «Munosib mehnat» dasturi jadal o‘sib borayotgan iqtisodiyotimizni ijtimoiy adolat bilan uyg‘unlashtiradigan strategik «yo‘l xaritasi» bo‘lishi aytildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter