Hafta oxirida havo biroz salqinlaydi – O‘zgidromet

Joriy hafta oxiriga kelib Qorqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va tog‘larda havo harorati +2 darajagacha pasayadi.
O‘zgidrometga ko‘ra, 18-19 oktyabr kunlari respublikaga navbatdagi salqin havo kirib kelishi kutilyapti.
Ushbu kunlari tongda respublikaning shimol va tog‘larida havo harorati nol darajaga juda yaqinlashishi, boshqa hududlarda esa sutkalik harorat minimumlari +5...+10 daraja orqaliqda tebranishi ma’lum qilingan.
«Joriy sinoptik jarayon ham ko‘p ehtimol quruq bo‘lib, tog‘larda biroz yog‘inni tashlab ketadi. Albatta, bu kabi mavsum va harorat rejimida tog‘larda qor yog‘ishi mumkin», – deydi gidrometeorolog E.Abdulahatov.
O‘zgidromet keyingi vaziyatlar haqida ham o‘z prognoz xabarida ma’lum qilib, keyingi hafta o‘rtalariga borib, harorat yana ko‘tarilib borilishini xabar qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter