Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelayotgan hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Kelayotgan hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Kelgusi haftada O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Jumladan, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. 20 oktyabrda havo harorati kechasi 6-11 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 21-23 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ham havo qisman bulutli, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 20-21 oktyabrda kechasi 0-5 darja iliq, 22-23 oktyabrda 3-8 daraja iliq, 20 oktyabrda kunduzi 13-18 daraja iliq, 21-23 oktyabrda kunduzi 18-23 iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi.

Harorat: 20-21 oktyabrda 6-11 daraja, 22-23 oktyabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring