Soliq boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i tezkor tadbirda ushlandi
Soliq boshqarmasining mansabdor xodimi pora bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Soliq boshqarmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Jumladan, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining sho‘’ba boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalangan holda, zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ go‘yoki 1 mlrd so‘mdan yuqori savdo aylanmasini yashirib, majburiy to‘lovdan bo‘yin tovlagani vaji bilan, unga nisbatan sun’iy shakllantirilgan 145 mln so‘m jarimani qo‘llamaslik va kelgusi faoliyatida rahnamolik qilishini aytgan. Evaziga uning rahbaridan qiymati 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Namanganda bank bosh yuriskonsulti ushlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter