Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning ikki bozorida to‘satdan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Toshkentning ikki bozorida to‘satdan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida poytaxtning ikkita yirik bozorida to‘satdan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘quv mashg‘ulotlari bugun, 15-iyul kuni «Oloy» va «Aviasozlar» bozorlarida bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad, tezkor xizmatlarning yong‘in, zilzila va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini tekshirishdan iborat edi.

Ushbu tadbirning to‘satdan o‘tkazilishi odamlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalaridagi bo‘shliqlarni aniqlashga va ularni darhol bartaraf etishga yordam beradi, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Buxorodagi markaziy bozorda yong‘in ro‘y bergani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring