Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yliq bozorining bir qismi elektr ta’minotidan uzildi

Qo‘yliq bozorining bir qismi elektr ta’minotidan uzildi

Foto: Toshkent FVBB

Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozorining bir qismi elektr ta’minotidan uzildi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Davlat yong‘in nazorati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bozor hududida yong‘in xavfsizligi talablarining bir qator buzilishlari aniqlangan. Ta’kidlanishicha, ushbu kamchiliklar yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi hamda fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu sababli bozor hududi elektr ta’minotidan qisman uzilgan. Maqsad yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik yong‘inlarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Bozor ma’muriyati tomonidan aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgach, hududning elektr ta’minoti tiklanadi va bozor faoliyati to‘liq qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan nazorat tadbirlari poytaxtning boshqa hududlari hamda respublika bo‘ylab ham davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring