Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Illyustrativ foto: Xabar.uz

21 iyun kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 38-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan «King Long» rusumli avtobus haydovchisi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab Janubiy vokzal tomon ketayotib, tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyidan svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida yugurib o‘tgan 2000 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi hodisadan so‘ng avtobusni zudlik bilan to‘xtatib, jabrlanuvchini tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazgan.

Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring