Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Imtiyozli kredit uchun salkam yarim mln dollar talab qilganlar ushlandi

Imtiyozli kredit uchun salkam yarim mln dollar talab qilganlar ushlandi

Foto: Xavfsizlik

3,5 mln dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi. 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kredit ajratish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi. 

Jumladan, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1979-y.t., muqaddam sudlangan shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga 3,5 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytishadi. 

Ular «xolis» xizmatlari evaziga kredit summasining 12 foizini, ya’ni 420 ming AQSh dollari talab qilishib, oldindan 50 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,«qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring