Zangiotada yong‘in: FVV rasmiy izoh bilan chiqdi
Zangiota tumanida uy yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 8-iyul kuni soat 18:52 da Toshkent viloyati FVBBga, Zangiota tumani Narimon Xojiboyev ko‘chasida joylashgan uylardan biri yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter