Rossiyadagi o‘zbekistonliklar yong‘inlardan ogohlantirildi
Migratsiya agentligi Rossiyaning ayrim hududlarida kuzatilayotgan yong‘inlar munosabati bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, xavfli hududlarda bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chishi hamda qutqaruv xizmatlari ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishi lozim.
Shuningdek, yong‘in oqibatida jabrlangan yoki jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasidagi Migratsiya agentligi vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya etildi.
Murojaatlar uchun quyidagi aloqa raqamlari taqdim etilgan:
- Call-markaz: +7 499 230 00 32; +7 499 230 00 76
- Ishonch telefoni: +7 925 045 47 44


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter