Tataristonda dronlar hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi
Tataristonning Nijnekamsk shahrida 10 avgust kuni sodir bo‘lgan dronlar hujumi oqibatida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar shahardagi qurilish korxonalaridan birida ishlagan. Hujum oqibatida yana bir qator O‘zbekiston fuqarolari turli darajada jarohat olib, shifoxonalarga yotqizilgan.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra tashkil etilgan Hukumat komissiyasi doirasida Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Migratsiya agentligi hamda boshqa mas’ul idoralar tomonidan halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi hamda Qozondagi Bosh konsul voqea joyiga borib, mahalliy mas’ul idoralar bilan muzokaralar olib bordi.
Natijada 12 avgust kuni maxsus aviareys bilan halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga yuborildi.
Tashqi ishlar vazirligi jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish va hodisa bilan bog‘liq boshqa masalalarni Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratga olgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter