Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning maxsus ishchi guruhi Tataristonga keldi

O‘zbekistonning maxsus ishchi guruhi Tataristonga keldi

Foto: Tatariston rahbarining matbuot xizmati

O‘zbekistonning maxsus ishchi guruhi Tataristonning Nijnekamsk shahriga yetib bordi. Hukumat vakillari O‘zbekiston tomoniga hodisa va jabrlanganlar haqida ma’lumot olish, shuningdek, halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga yuborishni tashkil etishda yordam bermoqda.

Respublika rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasiga barcha masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatilmoqda, jarayonni esa Tatariston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Nigmatullin nazorat qilmoqda. Jasadlarni Vatanga yuborishdan oldin Nijnekamsk masjidida janoza tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Nijnekamsk shahri dronlarning keng ko‘lamli hujumiga uchragandi. Hujum oqibatida 70 dan ortiq kishi jabrlangan, 13 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Fojia munosabati bilan Tataristonda motam e’lon qilingan.

Halok bo‘lganlar orasida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Tojikiston fuqarosi bor. Yana bir necha nafar O‘zbekiston fuqarosi turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov ikki mamlakat prezidenti — Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonga hamdardlik bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, vaziyatni o‘rganish va halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini Vatanga qaytarish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring