2026-yilda 49 mingdan ortiq ekstremistik va terrorchilik internet-resursi aniqlandi – DXX
2026-yilda ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov 6 noyabr kuni Samarqandda o‘tkazilayotgan ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqotida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu 2025-yildagi ko‘rsatkichdan (43 mingga yaqin) 14 foizga ko‘p.
DXX rahbari terrorchilik tashkilotlari raqamli texnologiyalardan radikal g‘oyalarni tarqatish, tarafdorlarni yollash, teraktlarni moliyalashtirish va amalga oshirishda faol foydalanayotganini qayd etdi.
Shuningdek, 2026-yilgi Global terrorizm indeksida O‘zbekiston 96-o‘rinni egallab, minimal xavf toifasiga kirgani ma’lum qilindi.
Bahodir Qurbonov raqamli muhitda terrorchilar faoliyatining yangi usullarini aniqlash va sun’iy intellektdan terrorchilik maqsadlarida foydalanishning oldini olish ustuvor vazifalardan ekanini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter