Mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar ish boshlaydi
Oliy sud Rayosati «Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish haqida»gi qarorni qabul qildi.
Qarorga muvofiq fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning mavjud shtat birliklari doirasida 2026-yil 1-avgustdan boshlab mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Endilikda Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida – 4 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlarida – 3 nafardan;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha:
Nukus tumanlararo sudida 2 nafar;
Buxoro tumanlararo sudida 2 nafar;
Jizzax tumanlararo sudida 2 nafar;
Qarshi tumanlararo sudida 2 nafar;
Karmana tumanlararo sudida 2 nafar;
Namangan tumanlararo sudida 2 nafar;
Samarqand shahar sudida 2 nafar va Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudida 1 nafar;
Termiz tumanlararo sudida 2 nafar;
Ohangaron tumanlararo sudida 2 nafar, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlararo sudlarida 1 nafardan;
Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Uchtepa, Yakkasaroy tumanlararo sudlarida 2 nafardan;
Farg‘ona tumanlararo sudida 2 nafar;
Urganch tumanlararo sudida 2 nafar sudya faoliyat yuritadi.
Sudlarga 2026-yil 1-avgustdan keyin kelib tushgan mehnat nizolari bilan bog‘liq arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi.
2026-yil 31-iyulgacha kelib tushgan, shu jumladan, ish yurituviga qabul qilingan ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar amalda bo‘lgan tartibda ko‘rib yakunlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter