Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tandirda «kannabis»ni yoqib ulgurolmagan ayol qo‘lga olindi

Tandirda «kannabis»ni yoqib ulgurolmagan ayol qo‘lga olindi

foto: iStockPhoto.com

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, keyingi paytlarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘z hovlisida, tomorqasida va dala shiyponida «kannabis» o‘simligini yetishtirayotgan ko‘psonli shaxslarning xatti-harakatiga chek qo‘ymoqda.

Kuni kecha dron kuzatuvi orqali o‘tkazilgan tadbirda Shofirkon tumani «Qayrag‘och» mahallasi, Arabxona qishlog‘idagi bir xonadon tomorqasida giyohvand modda turiga kiruvchi kannabis o‘simligi parvarishlanayotgani aniqlangan.

«Uyimiz  ustidan uchib o‘tayotgan dron «ishkal» chiqarishini oldindan payqab qolganim uchun ham zudlik bilan tomorqamdagi o‘simliklarni uzib, ularni tandirda yoqib tashlash uchun olov yoqdim. Ammo, ulgurolmadim... aybimni tan olaman...», — deydi «kannabis»ni parvarishlab, yetishtirayotgan ayol.

Ma’lum bo‘lishicha, profilaktika inspektorlari olingan xabar asosida dron tasviriga tushgan manzilga yetib borishguncha, ayol o‘z qilmishlarini «kuydirib» yuborish payiga tushgan. Ammo, ulgura olmagan.

Avvaliga tezkorlik bilan xatti-harakatga kirishgan profilaktika inspektoriga o‘z darvozazini ochishni istamagan ushbu fuqaro bir necha daqiqadan so‘ng qonuniy talablarga bo‘ysinishga majbur bo‘lgan.

Ayolning tomorqasidan topilgan o‘simliklar Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi ekspert kriminalistika markazining kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, «kannabis» ekani isbotlangan va holat tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring