Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 1 kilogrammdan ortiq gashishni sotishga urinish fosh etildi

Toshkentda 1 kilogrammdan ortiq gashishni sotishga urinish fosh etildi

Toshkent shahrida qo‘shni davlatdan olib kelingan 1 kilogramm 185 gramm gashishni 26 ming AQSh dollariga sotishga urinish aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi shaxs Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida shartli xaridordan 21 ming dollar olgan vaqtda ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, ushlangan shaxs muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan. Shuningdek, gashishni Surxondaryodan Toshkentga olib kelgan «Cobalt» haydovchisi ham mehmonxona yaqinida qo‘lga olingan. U ham avval o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangani aytilmoqda.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring