Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik budjet puli tuya qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda «Navoiysuvqurilishinvest» davlat muassasasi, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi melioratsiya ekspeditsiyasi hamda «N.S.» va «B.Z.» MChJlari mutasaddilari o‘zaro til biriktirgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, mas’ul shaxslar shartnomada ko‘rsatilgan «DIVER» qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq o‘tkazilganiga qaramay, hujjatlarga soxta ma’lumotlar qo‘shib yozgan. Shu yo‘l bilan ular jami 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter