Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chegarada noqonuniy tonnel qurganlik uchun alohida javobgarlik belgilanyapti

Chegarada noqonuniy tonnel qurganlik uchun alohida javobgarlik belgilanyapti

Senatning 19-yalpi majlisida davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun ma’qullandi.

Muhokamada 2016–2025 yillarda O‘zbekiston davlat chegarasida 12 ta noqonuniy yerosti tonneli aniqlangani ma’lum qilindi. Ular orqali tovar-moddiy boyliklar, valyuta va boshqa yuklarni yashirin olib kirishga urinishlar kuzatilgan.

Qonunga ko‘ra, davlat chegarasi orqali noqonuniy tonnel yoki boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, ulardan foydalanish, bunday faoliyatni tashkil etish yoki moliyalashtirish uchun Jinoyat kodeksida alohida javobgarlik belgilanadi.

Shuningdek, bunday inshootlar orqali davlat chegarasini kesib o‘tish yoki kontrabanda jinoyati sodir etish uchun javobgarlik ham kuchaytiriladi.

Ayni paytda, birinchi marta shunday qilmish sodir etgan shaxs noqonuniy tonnel haqida ixtiyoriy ravishda davlat organlariga xabar bersa yoki jinoyatni ochishga faol yordam bersa, boshqa jinoyat tarkibi bo‘lmagan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Bu turdagi jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring