Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bir oyda 11 mln kVt/soat elektr va 10 mln kub metr gaz tejaldi

Toshkentda bir oyda 11 mln kVt/soat elektr va 10 mln kub metr gaz tejaldi

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

«Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari doirasida shahardagi 2 ming kilometr ariq chiqindilardan tozalandi, 500 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.

Elektr ta’minotida muammolar kuzatilgan 114 ta mahallada transformatorlar yangilanib, yana 443 tasi ta’mirlandi. Shuningdek, 600 kilometr elektr tarmog‘i almashtirildi va 2,5 mingta yoritish ustuni soz holatga keltirildi.

Noqonuniy iste’molning oldini olish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir oy ichida poytaxtda 11 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 million kub metr tabiiy gaz tejab qolindi. Elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qariyb 1 foizga kamaytirishga erishildi.

Mutasaddilarga noqonuniy qurilmalarni aniqlash, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash ishlarini tizimli ravishda davom ettirish topshirildi.

Olmazor tumani misolida ko‘rib chiqilgan ushbu vazifalar poytaxtning barcha tumanlari uchun birdek tegishli ekani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring