Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Valyuta operatsiyalarida tadbirkorlarga yengillik joriy etildi

Valyuta operatsiyalarida tadbirkorlarga yengillik joriy etildi

Foto: Xabar.uz

Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga kiritilgan o‘zgartirishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026-yil 16-iyul kuni 3281-6-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq hollarda chet el valyutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, maxsus valyuta hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar faqat buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi shart.

Shu vaqtgacha bir shartnoma doirasida sotib olingan valyuta mablag‘laridan boshqa shartnoma uchun foydalanish zarurati tug‘ilganda, tadbirkorlar avval valyutani bankka sotishi, keyin esa yangi maqsad uchun qayta sotib olishi talab etilar edi.

Bu esa tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va qo‘shimcha operatsiyalarni talab qilardi. Kiritilgan o‘zgartirish bilan ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini o‘zgartirish imkoniyati yaratilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring